Hamkorlik va reklama uchunBog‘lanish
O‘yinni yuklash
O‘yna, kuyla va bilim ol!

Bek va Lolao‘zbek tilidagi musiqiy 3D multserial

Opa-uka Bek va Lolaning sarguzashtlari orqali do‘stlik, halollik, oila va ona tilini sevishni o‘rganamiz.

673 000+YouTube obunachi
663 mln+Umumiy ko‘rishlar
52qism
2024premyera
Yangiliklar

Nimalarni o‘rganamiz?

Bek va Lola: Raqamlar bilan o‘ynab o‘rganamiz

Raqamlar bilan o‘ynab o‘rganamiz

Bek va Lola bilan 1 dan 10 gacha sanaymiz!

Tomosha qilish
Bek va Lola: Alifbo bilan tanishamiz

Alifbo bilan tanishamiz

Yangi alifbo harflari: O‘, G‘, Sh va Ch ham shu yerda!

Tomosha qilish
Bek va Lola: Matematikani o'rganamiz

Matematikani o'rganamiz

2 + 2 nechta bo‘ladi? Birga topamiz.

Tomosha qilish
Bek va Lola: Bilim sari uchamiz

Bilim sari uchamiz

Qalam raketasida yangi sarguzashtlar sari!

Tomosha qilish
Bek va Lola: Rasm chizamiz, ijod qilamiz

Rasm chizamiz, ijod qilamiz

Ijodkorlik bolalarning eng sevimli o‘yini.

Tomosha qilish
Bek va Lola: Kitob o‘qish — sarguzasht

Kitob o‘qish — sarguzasht

Bulutlar ustida ertaklar olamiga sayohat.

Tomosha qilish
Multfilmlar

Yangi qismlar

Bek va Lola bilan o‘ynab o‘rganing: harflar, hafta kunlari, mevalar, ertaklar va odob qoidalari.

«Badantarbiya» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Badantarbiya

Bek va Lola bilan badantarbiya qilamiz! Mashqlar orqali tanamizni chiniqtirib, kunni quvnoq boshlaymiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Mashqlar orqali sog‘lom turmush tarziga amal qilish

Nimani o‘rganamiz: Badantarbiyaning foydasini. - Ertalabki mashqlarning qanday qilishni. - Sog‘lom turmush tarzini.

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz bilan ertalab mashq qilasizmi?

«O‘zbek Alifbosini O‘rganamiz!» — Bek va Lola multserial qismi posteri

O‘zbek Alifbosini O‘rganamiz!

Bek va Lola bilan O‘zbek alifbosini o‘rganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: 📚 Bek va Lola bilan harflar olamiga sayohat qilamiz! Qo‘shiqlar va qiziqarli o‘yinlar orqali harflarni birgalikda o‘rganamiz!

Nimani o‘rganamiz: O‘zbek alifbosi harflarini tanishni. - Harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishni. - Harflardan so‘zlar tuzishni.

Ota-onalar uchun savol: O‘zbek alifbosida nechta harf bor bilasizmi?

«Shokolad» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Shokolad

🍫 Bek va Lola bilan shokoladni me’yorida yeyish kerakligini bilib olamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola shokoladni yaxshi ko‘radigan bolajonlarga shirinliklarni me’yorida yeyish kerakligini tushuntiradi. Chunki mazali narsalarni ham me’yorida iste’mol qilish muhim!

Nimani o‘rganamiz: Shirinliklarni tanaga qanday ta’sir qilishini. - Tishlarni asrash muhimligini. - Shirinlik yeyishda me’yorni saqlashni.

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz kuniga qancha shirinlik yeydi? 😊

«Bir oilamiz — O‘zbekistonlik» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bir oilamiz — O‘zbekistonlik

Yurtimizning go‘zal viloyatlari va milliy qadriyatlarini kashf etamiz

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola O‘zbekiston bo‘ylab qiziqarli sayohatga chıqadi. Turli viloyatlarga borib, yangi dostlar orttiradi va yurtimizning go‘zal joylari, urf-odatlari bilan tanishadi.

Nimani o‘rganamiz: O‘zbekiston viloyatlari va ularning go‘zaligini. -Milliy qadriyatlarimizni. -Turli urf-odatlarni hurmat qilishni. -Vatanimiz bilan faxrlanishni.

Ota-onalar uchun savol: Siz O‘zbekistonning qaysi viloyatidansiz?

«Dastyorlar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Dastyorlar

Keling, birgalikda foydali ishlarni o‘rganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola birgalikda ota-onasiga yordam beradi. Birgalikda ko‘chat ekadi, uy yumushlarini oilaviy birgalikda qilib maroqli vaqt o‘tqazadi.

Nimani o‘rganamiz: Uy ishlarida faol bo‘lishni. Ko‘chat ekish va tabiatni asrashni. Chiqindilarni belgilangan joyga tashlashni. Oila bilan vaqt o‘tkazishning qadrini bilishni.

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz uy ishlarida sizga yordam beradimi?

«Birgalikda Sanaymiz» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Birgalikda Sanaymiz

🔢 Bek va Lola bilan sanashni o‘rganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola bilan hayvonlarni sanab, qo‘shish va ayirishni o‘rganamiz!

Nimani o‘rganamiz: Sonlarni sanashni. Qo‘shish va ayirishni. Sonlarni taqqoslashni. Matematik fikrlashni.

Ota-onalar uchun savol: Siz sanashni necha yoshingizda o‘rgangansiz? 😊

«Shakllar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Shakllar

Bek va Lola bilan shakllarni qanday nomlanishini birga o‘rganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: 🔍Bola atrofi qanday shakllardan iborat ekanligini bilib oladi.

Nimani o‘rganamiz: Shakllarning nomlarini eslab qolishni. Shakllarni bir-biridan farqlashni. Geometrik shakllarni tanishni.

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz ko‘rgan shakllarini nomini ayta oladimi?

«Bekinmachoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bekinmachoq

Qani, ko‘ramiz kim chaqqon? Bek mi yoki Lola?

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola bekinmachoq o‘ynab, bir-birlarini izlaydi. Qiziqarli o‘yin davomida ularni kim tezroq topishini birga kuzatamiz!

Nimani o‘rganamiz: Tezkorlik va chaqqonlikni. O‘yin qoidalariga amal qilishni. Dostlar bilan birga o‘ynashni.

Ota-onalar uchun savol: Farzandingizga eng sevimli o‘yini qaysi? 😊

«Yo‘l Harakati» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Yo‘l Harakati

Bek va Lola bilan yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlikni o‘rganing.

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola svetofor ranglari va yo‘lda yurish qoidalarini o‘rganadilar. Ular yo‘lda xavfsiz bo‘lish qoidalarini bilib oladilar.

Nimani o‘rganamiz: Svetofor ranglarini bilish. Yo‘lni to‘g‘ri kesib o‘tish. Yo‘lda ehtiyotkor bo‘lish.

Ota-onalar uchun savol: O‘zingiz yo‘l harakati qoidalariga qanchalik amal qilasiz?

«Baroqvoy» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Baroqvoy

Bek va Lola Baroqvoy bilan qiziqarli sarguzashtlarga boy kun o‘tkazadilar.

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Baroqvoy ismli yoqimtoy mushukcha haqida hikoya qilamiz.

Nimani o‘rganamiz: Hayvonlarga mehr ko‘rsatish. - Ularga g‘amxo‘rlik qilish. - Jonivorlarni asrash va parvarish qilish.

Ota-onalar uchun savol: Sizda uy hayvoni bormi?

«Yomg‘ir Yog‘aloq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Yomg‘ir Yog‘aloq

Yomg‘ir tomchilari ostida Bek va Lola bilan birga kuylang!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: «Yomg‘ir Yog‘aloq» qo‘shigi orqali yomg‘irning tabiatga va kayfiyatimizga bag‘ishlaydigan quvonchini his qilamiz!

Nimani o‘rganamiz: Yomg‘irning o‘simliklar va gullar uchun ahamiyatini. Tabiatning har bir fasldagi go‘‘zalligini qadrlashni.

Ota-onalar uchun savol: Yomg‘ir ostida sayr qilish sizga ham yoqadimi?

«O‘lchovlar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

O‘lchovlar

Qo‘shig‘imiz orqali o‘lchov birliklarini quvnoq tarzda o‘rganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bir kilo olma qancha keladi? Bir metr nimaga teng? Bir litrga qancha suv sig‘adi? Bek va Lola bilan bu savollarga qo‘shiq kuylab javob topamiz!

Nimani o‘rganamiz: Og‘irlikni o‘lchash. Uzunlikni aniqlash. Suyuqlik miqdorini o‘lchash. O‘lchovlardan foydalanish.

Ota-onalar uchun savol: Sizningcha, kilogramm og‘irmi yoki gramm?

«Super Bolalar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Super Bolalar

Bek va Lola ushbu qismda aziz bolajonlarga super qahramonga aylanish sirlarini oshkor etadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ota-onani sevish, kattalarni hurmat qilish, rostgo‘y va mehribon bo‘lishni quvnoq qo‘shiq orqali o‘rganamiz.

Nimani o‘rganamiz: Yaxshi odatlar bizni haqiqiy super bolaga aylantiradi!

Ota-onalar uchun savol: Nima uchun mehribon va odobli bo‘lish kerak?

«Ekologiya» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ekologiya

Bek va Lola bilan tabiatni asrashga qoshiling! Yashil olamimizni birgalikda himoya qilaylik!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qismda tabiatni asrash, gulu chechaklar va daraxtlarni avaylash haqida so‘z boradi. Tabiat gullab-yashnasa, hammamiz toza havodan to‘yib nafas olamiz.

Nimani o‘rganamiz: Tabiatning super qahramonlari bo‘laylik: daraxtlarga mehr beraylik, gullarni asraylik va atrofimizni yashil olamga aylantiraylik!

Ota-onalar uchun savol: Tabiatni asrash uchun siz nimalar qila olasiz?

«Dangasa» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Dangasa

Ushbu qismda kechasi telefon o‘ynash va televizor ko‘rish qanday oqibatlarga olib kelishini birgalikda tomosha qilamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qismda kecasi telefonda o‘ynash va televizor tomosha qilishning oqibatlari haqida so‘z boradi.

Nimani o‘rganamiz: Vaqtida uxlash va ekranlardan me’yorida foydalanish sog‘lom kun tartibining muhim qismidir

Ota-onalar uchun savol: Kechqurun ekranlardan foydalanishni qanday kamaytirish mumkin?

«Orzular» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Orzular

Erkalikning ham me’yori bor! Bek va Lola bilan atrofdagilarni o‘ylash va mehribon bolish qanchalik muhimligini bilib oling!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qismda bolalarning haddan ziyod erkalanib ketishi va atrofdagilarga e’tiborli bolishi haqida so‘z boradi.

Nimani o‘rganamiz: Haqiqiy odob - faqat o‘zimizni emas, boshqalarni ham o‘ylash, hurmat qilish va ularga mehr bilan munosabatda bolishdir.

Ota-onalar uchun savol: Erkalik bilan odobli bolishning farqi nimada?

«Hafta Kunlari» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Hafta Kunlari

Dushanbadan yakshanbagaca - har bir kunning o‘ziga xos qiziqarli ishlari bor! Bek va Lola bilan hafta kunlarini birgalikda o‘rganing!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola hafta kunlari bilan tanıshtiradi. Ular har bir kunni foydali ishlar bilan rejalashtirish va vaqtdan unumli foydalanishni ko‘rsatadi.

Nimani o‘rganamiz: Hafta kunlarini bilish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va har bir kunni foydali ishlar bilan o‘tkazish muhimligini o‘rganamiz.

Ota-onalar uchun savol: Haftaning qaysi kuni sizga ko‘proq yoqadi?

«Top-toza» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Top-toza

Top-toza bolish - sog‘lom bolishning ilk qadamidir!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Toza yurish, o‘zimizga va atrofimizga e’tiborli bolish qanchalik yoqimli ekanini bilib olamiz.

Nimani o‘rganamiz: Ozodalikni har kungi odatga aylantirish. - O‘zimizni va atrofimizni toza saqlash.

Ota-onalar uchun savol: Tozalikni saqlash uchun qanday odatlarga amal qilasiz?

«Mevalar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Mevalar

Bek va Lola bilan mazali mevalar va ularning foydali xususiyatlarini kashf eting!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Yoz - meva va sabzavotlarga boy fasl! Bek va Lola bolajonlarga ularning foydali xususiyatlari va dasturxonimizdagi ahamiyatini eslatadi.

Nimani o‘rganamiz: Meva va sabzavotlarning foydasini bilish. - Vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishning ahamiyatini o‘rganish.

Ota-onalar uchun savol: Qaysi mevalarni eng ko‘p yaxshi ko‘rasiz?

«Kitoblar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Kitoblar

Bek va Lola bilan har bir sahifada yangi sarguzasht kutmoqda!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘zlab beradi. Kitoblar orqali yangi bilimlar va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.

Nimani o‘rganamiz: Kitobni sevish va uni eng yaqin do‘st deb bilish. - Kitob o‘qish orqali bilim va dunyoqarashini boyitish.

Ota-onalar uchun savol: Sizning eng birinchi o‘qigan kitobingizning nomi nima? Eslay olasizmi😇?

«Alla» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Alla

Alla - mehr va muhabbatga to‘la sehrli qo‘shiq!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bolalikning eng yoqimli ohanglaridan biri bu alla. Bek va Lola bilan uning mehrga to‘la olamiga sho‘ng‘iymiz.

Nimani o‘rganamiz: Allaning yoqimli ohanglaridan zavqlanish. - Yaqinlarimiz bilan mehrli lahzalarni qadrlash.

Ota-onalar uchun savol: Sizga bolaligingizda kim alla aytib bergan?

«Mustaqillik» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Mustaqillik

Bek va Lola bilan Vatanimizga bo‘lgan mehr va faxrni birga his qilamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Mustaqillik - erkinlik, tinchlik va baxt ramzi. Bu bayramda yurtimiz, uning bayrog‘i va qadriyatlarimiz bilan faxrlanamiz.

Nimani o‘rganamiz: Vatanni sevish va qadrlash. O‘zbekiston bayrog‘ini tanish va hurmat qilish.

Ota-onalar uchun savol: O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami qaysi kunda nishonlanadi?

«Salom Maktab» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Salom Maktab

Bek va Lola birinchi bor maktab eshigini ochadi — hayajon, yangi do‘stlar va quvnoq darslar boshlandi! 🎒✨

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga maktab va ustozlarni qadrlashni, yangi bilimlarni zavq bilan o‘rganishni hamda do‘stlar bilan ahil bo‘lib, birgalikda rivojlanishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Yangi muhitga moslashish Sinf qoidalari Do‘stlik va hurmat

Ota-onalar uchun savol: Farzandingizni maktabga borishga qiziqtirish uchun qanday ayyorona usullardan foydalanasiz? ✨

«Ustozlar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ustozlar

Bek va Lola ustozlarning mehnati naqadar qadrli va sabr talab qilishini tushunib yetishadi. 🍎📚

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bolalarga ustozlarning mehnatini qadrlashni, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni hamda ilm olishda sabrli va diqqatli bo‘lishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Ustozga hurmat Minnatdorlik Sabr-toqat

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz o‘qituvchisiga kutilmagan va kulgili biror sovg‘a yoki rasm tayyorlab berganmi?

«Kasblar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Kasblar

Shifokor, oshpaz yoki kosmonavt? Bek va Lola kasblar olamiga sho‘ng‘ib, har bir hunarning zavqini kashf etadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qism bolalarga jamiyatdagi barcha kasblar muhim va foydali ekanini, har bir mehnat egasini hurmat qilish hamda kelajakda o‘z qiziqishlariga mos kasb tanlashga intilish zarurligini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Mehnatni qadrlash - Qiziqish va qobiliyat - Mas'uliyat

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz hozirgi kunda kim bo‘lishni orzu qiladi va bu fikri haftada necha marta o‘zgaradi? 😄

«Avtobus» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Avtobus

Bek va Lola katta shahar bo‘ylab avtobusda sayohatga chiqib, jamoat transporti qoidalari va xavfsiz harakatlanish sirlarini o‘rganishadi! 🚌

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qism bolalarga jamoat transportida o‘zini tutish madaniyatini, yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilishni hamda kattalar va atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Avtobusga navbat bilan chiqish - Yo‘lda keksalarga va yordamga muhtoj yo‘lovchilarga joy berishni. - Xavfsizlik qoidalari

Ota-onalar uchun savol: Jamoat transportida joy bo‘shatish kerakligini farzandingizga qanday qilib oson va tushunarli o‘rgatgansiz?

«Topishmoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Topishmoq

Bek va Lola topishmoqlar olamida o‘z zukkolig‘ini sinab ko‘radi! 🧩�

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarda mantiqiy fikrlashni, sinchkovlikni va muammolarga ijodiy yondashishni rivojlantirib, bilim olish jarayonini qiziqarli o‘yinga aylantirishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Zukkolik va mantiq - Sinchkovlik - Jamoaviy fikrlash

Ota-onalar uchun savol: Farzandingizning qaysi «mantiqiy» savoliga javob topolmay, Google’dan yordam so‘rashga majbur bo‘lgansiz? 😅

«Doktorjon» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Doktorjon

Quvnoq seriyada bolajonlar doktorga borish aslida umuman qo‘rqinchli emasligini bilib olishadi.

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga shifokorlar bizim do‘stimiz ekanini, sog‘lom bo‘lish uchun tozalik va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish hamda kasallikdan qo‘rqmasdan vaqtida davolanish zarurligini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Shifokordan qo‘rqmaslik - Shaxsiy gigiyena - Sog‘lom odatlar

Ota-onalar uchun savol: Farzandingizni shifokor ko‘rigiga olib borishdan oldin uni ko‘ndirish uchun qanday «aldamchi» va'dalar berasiz? 😄

«Rap» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Rap

Bek va Lola zamonaviy ritmlar olamiga sho‘ng‘ib, quvnoq qofiyalar va rep musiqasi orqali o‘z iste'dodlarini namoyish etishadi! 🎤🎶

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: 6 ta sirli sovg‘a qutisi ichida nima yashiringan? Bek va Lola quvnoq rep ritmida tabiatni asrashdan tortib, gigiyena va odob-axloqqacha bo‘lgan eng muhim saboqlarni kuylab beradi! 🎁🎤✨

Nimani o‘rganamiz: Tabiat va maktab Tozalik va tartib Odob va saxiylik

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz do‘konga kirganda «uni olib bering, buni olib bering» deb xarxasha qila boshlasa, vaziyatdan qanday qilib oson chiqib ketasiz? 🛍️

«Maxsus Mashinalar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Maxsus Mashinalar

Dadasining sovg‘a qutisidan chiqqan o‘yinchoqlar haqiqiy sarguzashtga aylanadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga maxsus xizmat mashinalarining vazifalari va muhim qisqa raqamlarini (101, 102, 103) quvnoq qo‘shiq orqali o‘rgatib, ularda o‘zgalarga yordam berish va yo‘l qoidalariga amal qilish tuyg‘usini uyg‘otadi.

Nimani o‘rganamiz: Maxsus xizmatlar va raqamlar Shahar tozaligi va qurilish Yo‘lda hurmat

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz 101, 102, 103 raqamlarini yodlab olganmi yoki «qutqaruvchilar»ni chaqirish uchun o‘zicha yangi raqamlar o‘ylab topganmi? 📞

«Maxfiy Qism» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Maxfiy Qism

Planshet ortidan koshmosga sayohat!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola raqamli dunyoga sho‘ng‘ib, YouTube sahifasiga obuna bo‘lishni va bilimlarga boy yangi o‘yinni qanday yuklab olishni quvnoq qo‘shiq orqali o‘rgatadi!

Nimani o‘rganamiz: Foydali qidirish - O‘yin orqali ilm olish

Ota-onalar uchun savol: Kattalardan ruxsat so‘rab o‘yin yuklash qoidasiga farzandingiz qanchalik amal qiladi yoki telefoningizda kutilmagan yangi o‘yinlar paydo bo‘lib qoladimi?

«Harbiylar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Harbiylar

Bek va Lola maxsus kiyim va dron yordamida qutqaruv missiyasini bajarib, Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan quvnoq qo‘shiq kuylashadi! 🎖️🚁🧸

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qism bolalarda Vatan himoyachilariga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini uyg‘otib, tinchlikning qadriga yetishni hamda maqsad sari jasorat va ahillik bilan harakat qilishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Vatanparvarlik va hurmat - Jasorat va izlanuvchanlik - Tartib va intizom

Ota-onalar uchun savol: Uyingizdagi yostiq va ko‘rpachalardan qurilgan «maxfiy harbiy shtab» bu hafta necha marta mehmonxonangizni egallab oldi? ⛺🎖️

«Koinotga Sayohat» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Koinotga Sayohat

Kosmos kemasida yulduzlar sari parvoz!�

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarda astronomiya va koinot sirlariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, cheksiz olam ichidagi yagona va betakror uyimiz - Yer sayyorasini asrash va qadrlash zarurligini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Sayyoralar va yulduzlar - Galaktika va koinot:Somon yo‘li, qora tuynukning tortish kuchi, Andromeda galaktikasi va koinotdagi tartibni. - Yerni asrash

Ota-onalar uchun savol: Tunda osmonga qaraganingizda farzandingiz yulduzlarni sanashga urinib, nechtaga yetganda uxlab qoladi? 🌟😴

«Ota-onangga balli» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ota-onangga balli

Bobojonning qiziqarli topishmoqlar o‘yini!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga ota-onani oy va quyoshdek e'zozlashni, bobo va buvilarning mehrini qadrlashni hamda chin do‘stlik har qanday boylikdan ustun ekanini milliy kuy-qo‘shiqlar orqali o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Chin do‘stlik Kattalar mehri Ota-onaga hurmat

Ota-onalar uchun savol: Bobo va buvisining uyiga borganda farzandingiz darhol «erkatoy rejimi»ga o‘tib, sizning barcha qoidalaringizni unutib qo‘yadimi? 😄👵

«Kemshikvoy» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Kemshikvoy

Qirsillagan olma Bekning ilk sut tishini qimirlatib yuboradi! 🍎

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga sut tishlarining almashinishi tabiiy va og‘riqsiz jarayon ekanini tushuntirib, vaqtinchalik kemshiklikdan uyalmasdan tabassum qilishni hamda yangi chiqadigan doimiy tishlarni avaylashni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Qo‘rqmaslik: 6–8 yoshda tishlar qimirlashi va tushishi ulg‘ayishning tabiiy belgisi ekanini. O‘zig‘a ishonch: Vaqtincha kemshik bo‘lib qolganda og‘izni yopib uyalmaslikni, chunki barcha tengdoshlar bu bosqichdan o‘tishini. Tishlarni asrash:Sut tishlari o‘rniga chiqadigan yangi va baquvvat tishlarni doim toza saqlab, ehtiyot qilishni. Tishlarni asrash.

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz kemshik bo‘lib qolgan paytida rasmga tushish uchun og‘zini mahkam yumib olarmidi yoki aksincha, hammadan ko‘p irjayib turarmidi? 📸😁

«Onajonlar Bayrami» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Onajonlar Bayrami

Bayramona maxfiy operatsiya! Oyijonisi uchun unutilmas syurpriz tayyorlashadi! 🌷🎁

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga onajonlarning tun-u kun chekadigan mehnatini qadrlashni, ularga minnatdorlik bildirishni hamda yaxshi xulq va a'lo o‘qish orqali onalar ishonchini oqlash zarurligini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Onaga mehr va minnatdorlik - G‘amxo‘rlik va yordam - İshonchni oqlash

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz o‘zi yasagan tabriknoma yoki bog‘dan uzib kelgan gullarni berayotganda ko‘zingizga yosh kelgan eng ta'sirli lahzani eslay olasizmi? 🌷

«Navro‘z» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Navro‘z

Bahor nafasi va sumalak ifori! Bek va Lola do‘stlari bilan birga sumalak tayyorlashadi🌸🍲

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga milliy bayramimiz Navro‘zning urf-odatlari, ahillik va hamjihatlikning qadrini, tabiatni asrash hamda o‘tmish musiqiy merosimizni sevib ardoqlashni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Milliy an'analar va hamjihatlik -Tabiatga mehr -Topqirlik

Ota-onalar uchun savol: Bahorda farzandingiz bilan varrak uchiraman deb, o‘ziz ham bolalikka qaytib, daraxtlarga ilinib qolgan varrakni qutqarish operatsiyasini o‘tkazganmisiz? 🪁🌳😄

«Bolalik» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bolalik

İsh va telefondan bir zum tanaffus!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi samimiy muloqotning qadrini eslatib, kundalik tashvish va telefonlarni bir chetga surgan holda oilaviy vaqtni quvonchli va mazmunli o‘tkazish naqadar muhimligini ko‘rsatadi.

Nimani o‘rganamiz: Oilaviy e'tibor - Tushunish va kechirom - Shirin xotiralar

Ota-onalar uchun savol: İshdan charchab kelganingizda farzandingiz darhol "o‘ynaylik!" deb qo‘lingizdan tortsa, qachon oxirgi marta o‘zingiz ham haqiqatan bolalikka qaytib, u bilan baravar yugurib o‘ynagansiz? ⚽😄

«Suvni Asrang» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Suvni Asrang

Suvsizlikdan qaqragan cho‘l-u biyobon yana yam-yashil bog‘-u ravog‘ga aylanadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga suv - bebaho boylik va hayot manbai ekanini ko‘rsatib, kundalik hayotda suvni isrof qilmaslikni, tabiatni asrash uchun hamjihatlikda harakat qilishni hamda milliy retro musiqamizni ardoqlashni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Suvni tejash - Isrofgarchilikka qarshi kurashish - Tabiat va hamjihatlik

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz tishini yuvayotganda jumrakdan oqayotgan suv bilan "ko‘pikli o‘yin" o‘ynab, hammomni kichik hovuzga aylantirib yuborgan paytlari bo‘lganmi?

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

So‘nggi qo‘ng‘iroq

Yozgi ta'tilga chiqiș hayajoni!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga yil davomida bilim bergan ustozlar va sinfdosh do‘stlarni qadrlashni, yozgi ta'tilda ham kitob o‘qib bilimlarni boyitib borishni hamda maktab bilan xayrlashuv aslida yangi o‘quv yilidagi quvonchli ushrashuvlarning boshlanishi ekanini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Ustoz va maktabga hurmat - Ta'tilda ham izlanish - Hamjihatlik va sahna madaniyati

Ota-onalar uchun savol: Siz maktab tamomlanganingizga nechchi yil bo‘ldi?

«Hayt Muborak» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Hayt Muborak

Bayram shukuhi va mehr-oqibat!✨🌙

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga Hayit bayramining eng go‘zal fazilatlari - saxovat, do‘stlar bilan borini baham ko‘rish, kattalarga yordam berish hamda kichiklarga va jonivorlarga mehribon bo‘lishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Saxovat va baham ko‘rish - Yaxshilik qilish - Milliy qadriyatlar

Ota-onalar uchun savol: Siz ham hayitlikka nima olishingizni intiqlik bilan kutganmisiz?

«Bolalar Kuni» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bolalar Kuni

Ekran orqali butun dunyo bolalari bir davrada! 🌍🎉🎈

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga do‘stlik millat va manzil tanlamasligini, dunyodagi barcha bolalar ahil va inoq bo‘lsa, yer yuzida doimo tinchlik va quvonch hukm surishini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Dunyoviy do‘stlik - Madaniyatlarga qiziqish - Ahillik va tinchlik

Ota-onalar uchun savol: Bolalar kunida farzandingizni xursand qilish uchun istirohat bog‘iga olib borganingizda, qaysi attraksiondan oxirgi marta o‘zingiz ham shavq bilan uchib tushgansiz? 🎡😄

«Futbol» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Futbol

Stadionda hayajon, yuraklarda g‘urur! Bek, Lola va Yorqinxo‘ja Umarov

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarda sportga, xususan futbolga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Vatan bayrog‘idan faxrlanish, jamoaviy birdamlik hamda g‘alabaga ishonch tuyg‘ularini tarbiyalaydi.

Nimani o‘rganamiz: Vatanparvarlik va faxr - Jamoaviy o‘yin - Maqsad sari intilish

Ota-onalar uchun savol: Terma jamoamiz gol urgan paytda uyingizdagi hayqiriqdan qo‘shnilar ham hisob necha bo‘lganini darhol bilib olishadimi? ⚽📣😄

«Toza Qo'llar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Toza Qo'llar

Mikroblarga qarshi katta jang!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga shaxsiy gigiyena va qo‘l tozaligi - sog‘lom bo‘lishning eng birinchi qoidasi ekanini tushuntirib, sovun va antiseptikdan to‘g‘ri foydalanish, har qanday harakatdan so‘ng qo‘llarni yuvib yurish odatini shakllantiradi.

Nimani o‘rganamiz: Qo‘llarni to‘g‘ri yuvish - Mikroblardan himoya - Gigiyena madaniyati

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz qo‘l yuvishdan qochish uchun qanday kulgili bahonalar o‘ylab topadi? 🧼😄

«Erinchoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Erinchoq

Har bir ishga "keyinroq" deyaverishning oqibati nima bo‘ladi?

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga "Qolgan ishga qor yog‘ar" maqolining asl ma'nosini ko‘rsatib, vazifalarni ortga surmaslikni, o‘z vaqtida va chaqqon bajarishni hamda tartib- intizomli bo‘lishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: İshni kechıktirmasli - Tartib va mas'uliyat - Chaqqonlik va g‘ishhtlik

Ota-onalar uchun savol: Farzandingizga biror ish buyursangiz, kun davomida necha marta "hozir, mana shu o‘yinim tugasin" degan javobni eshitasiz? 🎮😄

«Muzqaymoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Muzqaymoq

Butun oila bilan xiyobonga muzqaymoq sayliga!🍦🚇✨

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga jamoat joylarida kattalarga hurmat ko‘rsatishni, atrof-muhitni toza tutishni (chiqindini maxsus qutiga tashlashni) hamda yaqinlar bilan borini baham ko‘rib, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Jamoat joyida odob - Tabiat va tozalik - Mehr-oqibat va saxiylik

Ota-onalar uchun savol: Sizga muzqaymoqning qaysi ta'mi hammasidan ko‘proq yoqadi? 🍓🍫

«Badantarbiya 2» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Badantarbiya 2

Bek va Lola, hatto uy mushukchasi ham ota-onasi bilan birga erta tongdan mashqlar qilishadi. 🏃‍♂️🐱

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga "Sog‘lom tanda - sog‘lom aql" maqolining asl mohiyatini ko‘rsatib, ertalabdan badantarbiya qilish, to‘g‘ri nafas olish hamda mashqlarni g‘irromlik qilmasdan, aniq va quvnoq bajarish odatini shakllantiradi.

Nimani o‘rganamiz: Ertalabki faollik. - To‘g‘ri nafas olish. - Halollik va intizom.

Ota-onalar uchun savol: Ertalab "badantarbiya qilamiz!"deganingizda farzandingiz birinchi bo‘lib gilamcha ustiga sakrab tushadimi yoki yostiqni quchoqlab "yana besh daqiqa" deb yotib oladimi? 🛏️😄

«Cho‘milish» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Cho‘milish

Yoz jaziramasida suv bo‘yida o‘ynash qanday mazza!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga suv havzalari oldida ehtiyotkor bo‘lishni, ariq, daryo va taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli ekanini tushuntirib, faqat murabbiy nazoratidagi maxsus suv havzalarida xavfsiz suzish madaniyatini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Xavfli suv havzalaridan saqlanish - Maxsus hovuz va murabbiy nazorati - Suv bo‘yida ehtiyotkorlik

Ota-onalar uchun savol: Siz yoshligingizda xavfli suv havzalarida cho‘milishdan saqlanganmisiz?

«Qo‘zichoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Qo‘zichoq

Qishloqqa sayohat va kutilmagan sho‘x do‘st!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga telefon va ekranlardan bir zum chetlashib, tabiat qo‘ynida jonivorlarga mehr bilan munosabatda bo‘lishni hamda har bir jonzotga o‘ziga mos, to‘g‘ri ozuqa berish mas'uliyatini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Jonivorlarga mehr va parvarish - Tabiat va jonli muloqot - Ehtiyotkorlik va g‘amxo‘rlik

Ota-onalar uchun savol: Siz hayvonlarga mehribonmisiz?

«Yo'l harakati» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Yo'l harakati

Karton mashinalar, qo‘g‘oz svetofor va muhim hayotiy saboq!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish - hayot xavfsizligi garovi ekanini ko‘rsatib, yo‘l kesib o‘tish madaniyatini, tezlikni oshirmaslikni hamda voyaga yetib, haydovchilik guvohnomasi olmaguncha rulga o‘tirmaslik mas'uliyatini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Piyodalar odobi - Shoshqaloqlikning oqibati - Guvohnoma va qonun

Ota-onalar uchun savol: Mashinada ketayotganingizda farzandingiz orqa o‘rindiqdan turib, qaysi yo‘l belgisini birinchi bo‘lib tanib qoladi va sizga eslatadi? 🛑�

«Opa Uka» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Opa Uka

So‘lib qolgan gülni qutqarish uchun katta hamjihatlik!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga opa-uka va aka-singil o‘rtasidagi mehr-oqibatning qadrini, bir-birini xafa qilmasdan hamjihat bo‘lishni, tabiatni asrash uchun topqirlik qilishni hamda o‘zbek retro musiqiy merosimizni sevib ardoqlashni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Opa-uka mehri va ahillik - Topqirlik va tabiatga g‘amxo‘rlik - Jasorat va himoya

Ota-onalar uchun savol: Uyingizda opa-ukalarning arazlashishidan ko‘ra yarashishi tezroq sodir bo‘ladimi? 😅✨

«Matematika» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Matematika

Ochiq darsda raqamlar jonlandi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga matematika — barcha fanlar va zamonaviy texnologiyalarning asosi ekanini ko‘rsatib, hisob-kitobdan qo‘rqmaslikni, erinmasdan karra-karra yodlashni hamda buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga intilishni o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Matematika va mantiq -Texnologiyalar asosi -Ajdodlardan faxr

Ota-onalar uchun savol: Farzandingiz shirinlik bo‘lishayotganda o‘ziga doim bitta ko‘proq tegadigan qilib hisoblaydimi? 🍬😄

«Vohu - voh» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Vohu - voh

Surxon tog‘lari bag‘rida katta sayil va sho‘x xalq kuyi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik an'analarini, milliy folklor va xalq qo‘shiqlarimizning jozibasini, shuningdek, Vatanimizning betakror tabiati va tarixiy obidalaridan faxrlanish tuyg‘usini o‘rgatadi.

Nimani o‘rganamiz: Mehmondo‘stlik va do‘stlik -Vatan tabiatini sevish -Milliy meros va folklor

Ota-onalar uchun savol: "Vohu-voh" qo‘shig‘i yangraganida farzandingiz o‘tirgan joyida yelkalarini učirib, Surxoncha raqsga tushib ketadimi? 💃😄

«Ertaklar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ertaklar

Uyqudan oldin telefon va televizorni qutiga solib, sehrli kitob sahifalariga sayohat!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ushbu qism bolalarga uyqudan oldin gadjetlardan voz kechib, kitob o‘qishning naqadar maroqli ekanini ko‘rsatib, xalq ertaklari orqali yaxshilik, halollik va tısh yuvish kabi foydali uyqu oldi odatlarini tarbiyalaydi.

Nimani o‘rganamiz: Uyqu oldi tartibi - Kitob mutolaasiga mehr - Yaxshilik va ishonch

Ota-onalar uchun savol: Ertak o‘qiyotganingizda birinchi bo‘lib kim uxlab qoladi - tinglayotgan farzandingizmi yoki ertak aytayotgan o‘zingizmi? 😴✨

Qahramonlar

Qahramonlar bilan tanishing

Opa-uka Lola va Bek hamda ularning oilasi va do‘stlari.

Qahramonga bosing: u salom aytadi va pozasini o‘zgartiradi.

Bek — «Bek va Lola» multserialining bosh qahramoniBek — «Bek va Lola» multserial, 2-pozaBek — «Bek va Lola» multserial, 3-poza

Bek

Uka
Lola — «Bek va Lola» multserialining bosh qahramoniLola — «Bek va Lola» multserial, 2-poza

Lola

Opa

Boshqa qahramonlar

Sahifani pastga aylantiring: qahramonlar birma-bir chiqib keladi.Yon tomonga suring yoki ‹ › tugmalarini bosing.

1 / 30
Bobo — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Bobo

Oila a'zosi

Buvi — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Buvi

Oila a'zosi

Dada — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila

Dada

Oila a'zosi

Ona — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila

Ona

Oila a’zosi.

Baroqvoy — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Baroqvoy

Uy hayvoni

Mikrob — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Dushman:)

Mikrob

«Yaramas» Mikrob

Mikrob-2 — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Dushman:)

Mikrob-2

Bir ko‘zli mikrob.

Tish — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Tish

Tishcha

Xo‘roz — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Xo‘roz

Uy hayvoni

Qo‘zichoq — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Qo‘zichoq

Uy hayvoni

Robot — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Robot

Koinot sayohatlaridagi aqlli yordamchi.

Kitob — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Kitob

Ilm tarqatuvchi

Alisher — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Alisher

Bek va Lolaning Navoiylik do‘sti

Sarvinoz — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Sarvinoz

Bek va Lolaning Xorazmlik do‘sti

Xurshida — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Xurshida

Bek va Lolaning Toshkent viloyatidan do‘sti

Gulchehra — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Gulchehra

Bek va Lolaning Farg‘onalik do‘sti

Zebo — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Zebo

Bek va Lolaning Namanganlik do‘sti

Sherzod — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Sherzod

Bek va Lolaning Samarqandlik do‘sti

Dilmurod — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Dilmurod

Bek va Lolaning Buxorolik do‘sti

Aygul — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Aygul

Bek va Lolaning Qoraqalpog‘istonlik do‘sti

Muslimaxon — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Muslimaxon

Bek va Lolaning Andijonlik do‘sti

Ibrohimjon — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Ibrohimjon

Bek va Lolaning Jizzaxlik do‘sti

Jasurbek — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Jasurbek

Bek va Lolaning Sirdaryolik do‘sti

Olimbek — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Olimbek

Bek va Lolaning Qashqadaryolik do‘sti

Salimbek — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Salimbek

Bek va Lolaning Surxandaryolik do‘sti

Yer sayyorasi — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Yer sayyorasi

Biz yashab turgan sayyora

Soatvoy — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Do‘st

Soatvoy

Salom, men Bek va Lolaning uyg‘otgichi

Tog‘a — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Tog‘a

Bek va Lolaning tog‘asi

Xola — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Xola

Bek va Lolaning xolasi

Amma — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Amma

Bek va Lolaning ammasi

Qo‘shiqlar

Bolalar uchun kuylar

Bek va Lola bilan kuylang. Musiqalar o‘zbek folklori ruhida bastalangan.

Bek va Lola qo‘shig‘i: Badantarbiya

Badantarbiya

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Alifbo

Alifbo

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Shokolad

Shokolad

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: O‘zbekistonlik

O‘zbekistonlik

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Dastyorlar

Dastyorlar

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Birgalikda sanaymiz!

Birgalikda sanaymiz!

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Shakllar

Shakllar

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Bekinmachoq

Bekinmachoq

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Yo‘l harakati

Yo‘l harakati

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Baroqvoy

Baroqvoy

1-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Yomg‘ir yog‘aloq

Yomg‘ir yog‘aloq

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: O‘lchovlar

O‘lchovlar

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Super bolalar

Super bolalar

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Ekologiya

Ekologiya

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Dangasa

Dangasa

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Orzular

Orzular

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Hafta kunlari

Hafta kunlari

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Top-toza

Top-toza

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Mevalar

Mevalar

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Kitoblar

Kitoblar

2-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Alla

Alla

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Mustaqillik bayrami

Mustaqillik bayrami

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Salom maktab

Salom maktab

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Ustozlar

Ustozlar

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Kasblar

Kasblar

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Avtobus

Avtobus

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Topishmoq

Topishmoq

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Doktorjon

Doktorjon

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Maxsus mashinalar

Maxsus mashinalar

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Obuna

Obuna

3-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Harbiylar

Harbiylar

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Koinotga sayohat

Koinotga sayohat

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Ota onangga balli

Ota onangga balli

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Kemshikvoy

Kemshikvoy

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Onajonlar bayrami

Onajonlar bayrami

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Navro‘z

Navro‘z

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Bolalik

Bolalik

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Suvni asrang

Suvni asrang

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Xayr maktab

Xayr maktab

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Hayit muborak

Hayit muborak

4-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Bolalar kuni

Bolalar kuni

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Olg‘a O‘zbekiston

Olg‘a O‘zbekiston

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Toza qo‘llar

Toza qo‘llar

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Erinchoq

Erinchoq

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Muzqaymoq

Muzqaymoq

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Badantarbiya-2

Badantarbiya-2

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Suzish

Suzish

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Qo‘zichoq

Qo‘zichoq

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Yo‘l qoidasi

Yo‘l qoidasi

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Opa va Uka

Opa va Uka

5-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Matematika

Matematika

6-albom
Yuklab olish
Bek va Lola qo‘shig‘i: Vohu-voh

Vohu-voh

6-albom
Yuklab olish
Bek va Lola mobil o‘yini ikonkasi
Mobil o‘yin

Bek va Lola o‘yini

3 yoshdan katta bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yin: harflar, raqamlar va quvnoq vazifalar.

O‘zbek tilida3+ yosh
Do‘kon

Mahsulotlarimizni sotib oling

Bek va Lola qahramonlari tushirilgan mahsulotlar.

Salfetka

Sharbat

Kitoblar

O‘yinchoqlar

Ota-onalar

Bek va Lola farzandingizga nimani o‘rgatadi?

Ona tili

Ruscha so‘zlar o‘rniga o‘zbekcha muqobillar ishlatiladi.

Milliy qadriyatlar

Vatanga sadoqat, oila, do‘stlik, halollik va insoniylik.

Xavfsiz kontent

Yoshga mos, zo‘ravonliksiz va tarbiyaviy.

Ko‘p beriladigan savollar

Bek va Lola qanday loyiha?

United Soft tomonidan yaratilgan o‘zbekcha musiqiy 3D animatsion serial. Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

Qayerda ko‘rish mumkin?

Barcha qismlar YouTube’dagi rasmiy «Bek va Lola» kanalida bepul.

Qaysi yoshga mo‘ljallangan?

Barcha yoshdagi bolalar uchun. Tavsiya etilgan yosh 2-9 yosh. Mobil o‘yin 3 yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan.

Multfilm o‘zbek tilidami?

Ha. Serial to‘liq o‘zbek tilida, ruscha so‘zlar o‘rniga o‘zbekcha muqobillar ishlatiladi.

Mobil o‘yinni qanday yuklab olaman?

Saytdagi «Yuklab olish» tugmasini bosing. Qurilmangizga qarab, sizni App Store yoki Google Play sahifasiga o‘zi yo‘naltiradi.

Qo‘shiqlarni tinglash va yuklab olish mumkinmi?

Ha. «Qo‘shiqlar» bo‘limida har bir qo‘shiq uchun «Tinglash» va «Yuklab olish» tugmalari bor.

Rasmlardan bog‘cha yoki maktabda foydalansam bo‘ladimi?

Ha, sinf xonasi, devor gazetasi va tadbirlar uchun rasmlar bepul. «Bog‘chalar uchun» sahifasidan yuklab oling. Sotish yoki reklama kabi tijorat maqsadida foydalanish uchun avval biz bilan kelishing.

Mahsulotlarni qayerdan sotib olaman?

Mahsulotlar sotuvga chiqqanda «Do‘kon» bo‘limida «Sotib olish» tugmasi paydo bo‘ladi. Yangiliklarni Telegram kanalimizdan kuzatib boring.

Litsenziya olish yoki hamkorlik qilish uchun kimga yozaman?

Sahifaning eng tepasidagi «Bog‘lanish» tugmasini yoki «Hamkorlik» sahifasini ishlating.

Taklif yoki shikoyatim bor, qayerga yozaman?

Quyidagi «Adminga yozish» tugmasi orqali Telegramda yozing. Takliflaringiz biz uchun muhim.

Savolingiz topilmadimi?Savol yoki taklifingizni Telegramda yozing, biz javob beramiz.
Adminga yozish
Loyiha haqida

Biz haqimizda

«Bek va Lola» — United Soft tomonidan ishlab chiqilgan o‘zbekcha musiqiy 3D animatsion serial. Serial opa-uka Bek va Lolaning qiziqarli sarguzashtlari orqali bolalarga foydali bilim va ijobiy qadriyatlarni yetkazadi.

Kontentda milliy madaniyat, an’analar va zamonaviy ta’lim elementlari uyg‘unlashtirilgan. Loyiha Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilmoqda; premyera 2024-yil avgustda bo‘lgan.

Alisher Sa’dullayevG‘oya muallifi
Boisxon G`aniyevBosh prodyuser
Lazizxon G‘aniyevKreativ prodyuser
Sherzod Mardiyevkompozitor
Bekzod FayozovArt Direktor
Habibullo Lutfullayev Azimjon AhmadjonovIjrochi prodyuserlar
Hamkorlar uchun

Brendingiz Bek va Lola bilan birga o‘sishni xohlaysizmi?

Hamkorlik, reklama va litsenziya masalalari bo‘yicha biz bilan bog‘laning.

Videoni boshlash uchun ▶ tugmasini bosingYouTube’da ochish

Telegram’da kuzatish