Hamkorlik va reklama uçunBoğlaniş
Öyinni yuklaş
Öyna, kuyla va bilim ol!

Bek va Lolaözbek tilidagi musiqiy 3D multserial

Opa-uka Bek va Lolaning sarguzaştlari orqali döstlik, halollik, oila va ona tilini sevişni örganamiz.

673 000+YouTube obunaçi
663 mln+Umumiy körişlar
52qism
2024premyera
Yangiliklar

Nimalarni örganamiz?

Bek va Lola: Raqamlar bilan öynab örganamiz

Raqamlar bilan öynab örganamiz

Bek va Lola bilan 1 dan 10 gaça sanaymiz!

Tomoşa qiliş
Bek va Lola: Alifbo bilan tanişamiz

Alifbo bilan tanişamiz

Yangi alifbo harflari: Ö, Ğ, Ş va Ç ham şu yerda!

Tomoşa qiliş
Bek va Lola: Matematikani o'rganamiz

Matematikani o'rganamiz

2 + 2 neçta böladi? Birga topamiz.

Tomoşa qiliş
Bek va Lola: Bilim sari uçamiz

Bilim sari uçamiz

Qalam raketasida yangi sarguzaştlar sari!

Tomoşa qiliş
Bek va Lola: Rasm çizamiz, ijod qilamiz

Rasm çizamiz, ijod qilamiz

Ijodkorlik bolalarning eng sevimli öyini.

Tomoşa qiliş
Bek va Lola: Kitob öqiş — sarguzaşt

Kitob öqiş — sarguzaşt

Bulutlar ustida ertaklar olamiga sayohat.

Tomoşa qiliş
Multfilmlar

Yangi qismlar

Bek va Lola bilan öynab örganing: harflar, hafta kunlari, mevalar, ertaklar va odob qoidalari.

«Badantarbiya» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Badantarbiya

Bek va Lola bilan badantarbiya qilamiz! Maşqlar orqali tanamizni çiniqtirib, kunni quvnoq boşlaymiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Maşqlar orqali soğlom turmuş tarziga amal qiliş

Nimani örganamiz: Badantarbiyaning foydasini. - Ertalabki maşqlarning qanday qilişni. - Soğlom turmuş tarzini.

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz bilan ertalab maşq qilasizmi?

«Özbek Alifbosini Örganamiz!» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Özbek Alifbosini Örganamiz!

Bek va Lola bilan Özbek alifbosini örganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: 📚 Bek va Lola bilan harflar olamiga sayohat qilamiz! Qöşiqlar va qiziqarli öyinlar orqali harflarni birgalikda örganamiz!

Nimani örganamiz: Özbek alifbosi harflarini tanişni. - Harflarni töğri talaffuz qilişni. - Harflardan sözlar tuzişni.

Ota-onalar uçun savol: Özbek alifbosida neçta harf bor bilasizmi?

«Şokolad» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Şokolad

🍫 Bek va Lola bilan şokoladni me’yorida yeyiş kerakligini bilib olamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola şokoladni yaxşi köradigan bolajonlarga şirinliklarni me’yorida yeyiş kerakligini tuşuntiradi. Çunki mazali narsalarni ham me’yorida iste’mol qiliş muhim!

Nimani örganamiz: Şirinliklarni tanaga qanday ta’sir qilişini. - Tişlarni asraş muhimligini. - Şirinlik yeyişda me’yorni saqlaşni.

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz kuniga qança şirinlik yeydi? 😊

«Bir oilamiz — Özbekistonlik» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bir oilamiz — Özbekistonlik

Yurtimizning gözal viloyatlari va milliy qadriyatlarini kaşf etamiz

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola Özbekiston böylab qiziqarli sayohatga çıqadi. Turli viloyatlarga borib, yangi dostlar orttiradi va yurtimizning gözal joylari, urf-odatlari bilan tanişadi.

Nimani örganamiz: Özbekiston viloyatlari va ularning gözaligini. -Milliy qadriyatlarimizni. -Turli urf-odatlarni hurmat qilişni. -Vatanimiz bilan faxrlanişni.

Ota-onalar uçun savol: Siz Özbekistonning qaysi viloyatidansiz?

«Dastyorlar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Dastyorlar

Keling, birgalikda foydali işlarni örganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola birgalikda ota-onasiga yordam beradi. Birgalikda köçat ekadi, uy yumuşlarini oilaviy birgalikda qilib maroqli vaqt ötqazadi.

Nimani örganamiz: Uy işlarida faol bölişni. Köçat ekiş va tabiatni asraşni. Çiqindilarni belgilangan joyga taşlaşni. Oila bilan vaqt ötkazişning qadrini bilişni.

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz uy işlarida sizga yordam beradimi?

«Birgalikda Sanaymiz» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Birgalikda Sanaymiz

🔢 Bek va Lola bilan sanaşni örganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola bilan hayvonlarni sanab, qöşiş va ayirişni örganamiz!

Nimani örganamiz: Sonlarni sanaşni. Qöşiş va ayirişni. Sonlarni taqqoslaşni. Matematik fikrlaşni.

Ota-onalar uçun savol: Siz sanaşni neça yoşingizda örgangansiz? 😊

«Şakllar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Şakllar

Bek va Lola bilan şakllarni qanday nomlanişini birga örganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: 🔍Bola atrofi qanday şakllardan iborat ekanligini bilib oladi.

Nimani örganamiz: Şakllarning nomlarini eslab qolişni. Şakllarni bir-biridan farqlaşni. Geometrik şakllarni tanişni.

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz körgan şakllarini nomini ayta oladimi?

«Bekinmaçoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bekinmaçoq

Qani, köramiz kim çaqqon? Bek mi yoki Lola?

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola bekinmaçoq öynab, bir-birlarini izlaydi. Qiziqarli öyin davomida ularni kim tezroq topişini birga kuzatamiz!

Nimani örganamiz: Tezkorlik va çaqqonlikni. Öyin qoidalariga amal qilişni. Dostlar bilan birga öynaşni.

Ota-onalar uçun savol: Farzandingizga eng sevimli öyini qaysi? 😊

«Yöl Harakati» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Yöl Harakati

Bek va Lola bilan yöl harakati qoidalari va xavfsizlikni örganing.

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola svetofor ranglari va yölda yuriş qoidalarini örganadilar. Ular yölda xavfsiz böliş qoidalarini bilib oladilar.

Nimani örganamiz: Svetofor ranglarini biliş. Yölni töğri kesib ötiş. Yölda ehtiyotkor böliş.

Ota-onalar uçun savol: Özingiz yöl harakati qoidalariga qançalik amal qilasiz?

«Baroqvoy» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Baroqvoy

Bek va Lola Baroqvoy bilan qiziqarli sarguzaştlarga boy kun ötkazadilar.

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Baroqvoy ismli yoqimtoy muşukça haqida hikoya qilamiz.

Nimani örganamiz: Hayvonlarga mehr körsatiş. - Ularga ğamxörlik qiliş. - Jonivorlarni asraş va parvariş qiliş.

Ota-onalar uçun savol: Sizda uy hayvoni bormi?

«Yomğir Yoğaloq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Yomğir Yoğaloq

Yomğir tomçilari ostida Bek va Lola bilan birga kuylang!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: «Yomğir Yoğaloq» qöşigi orqali yomğirning tabiatga va kayfiyatimizga bağişlaydigan quvonçini his qilamiz!

Nimani örganamiz: Yomğirning ösimliklar va gullar uçun ahamiyatini. Tabiatning har bir fasldagi gö‘zalligini qadrlaşni.

Ota-onalar uçun savol: Yomğir ostida sayr qiliş sizga ham yoqadimi?

«Ölçovlar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ölçovlar

Qöşiğimiz orqali ölçov birliklarini quvnoq tarzda örganamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bir kilo olma qança keladi? Bir metr nimaga teng? Bir litrga qança suv siğadi? Bek va Lola bilan bu savollarga qöşiq kuylab javob topamiz!

Nimani örganamiz: Oğirlikni ölçaş. Uzunlikni aniqlaş. Suyuqlik miqdorini ölçaş. Ölçovlardan foydalaniş.

Ota-onalar uçun savol: Sizningça, kilogramm oğirmi yoki gramm?

«Super Bolalar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Super Bolalar

Bek va Lola uşbu qismda aziz bolajonlarga super qahramonga aylaniş sirlarini oşkor etadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Ota-onani seviş, kattalarni hurmat qiliş, rostgöy va mehribon bölişni quvnoq qöşiq orqali örganamiz.

Nimani örganamiz: Yaxşi odatlar bizni haqiqiy super bolaga aylantiradi!

Ota-onalar uçun savol: Nima uçun mehribon va odobli böliş kerak?

«Ekologiya» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ekologiya

Bek va Lola bilan tabiatni asraşga qoşiling! Yaşil olamimizni birgalikda himoya qilaylik!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qismda tabiatni asraş, gulu çeçaklar va daraxtlarni avaylaş haqida söz boradi. Tabiat gullab-yaşnasa, hammamiz toza havodan töyib nafas olamiz.

Nimani örganamiz: Tabiatning super qahramonlari bölaylik: daraxtlarga mehr beraylik, gullarni asraylik va atrofimizni yaşil olamga aylantiraylik!

Ota-onalar uçun savol: Tabiatni asraş uçun siz nimalar qila olasiz?

«Dangasa» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Dangasa

Uşbu qismda keçasi telefon öynaş va televizor köriş qanday oqibatlarga olib kelişini birgalikda tomoşa qilamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qismda kecasi telefonda öynaş va televizor tomoşa qilişning oqibatlari haqida söz boradi.

Nimani örganamiz: Vaqtida uxlaş va ekranlardan me’yorida foydalaniş soğlom kun tartibining muhim qismidir

Ota-onalar uçun savol: Keçqurun ekranlardan foydalanişni qanday kamaytiriş mumkin?

«Orzular» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Orzular

Erkalikning ham me’yori bor! Bek va Lola bilan atrofdagilarni öylaş va mehribon boliş qançalik muhimligini bilib oling!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qismda bolalarning haddan ziyod erkalanib ketişi va atrofdagilarga e’tiborli bolişi haqida söz boradi.

Nimani örganamiz: Haqiqiy odob - faqat özimizni emas, boşqalarni ham öylaş, hurmat qiliş va ularga mehr bilan munosabatda bolişdir.

Ota-onalar uçun savol: Erkalik bilan odobli bolişning farqi nimada?

«Hafta Kunlari» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Hafta Kunlari

Duşanbadan yakşanbagaca - har bir kunning öziga xos qiziqarli işlari bor! Bek va Lola bilan hafta kunlarini birgalikda örganing!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola hafta kunlari bilan tanıştiradi. Ular har bir kunni foydali işlar bilan rejalaştiriş va vaqtdan unumli foydalanişni körsatadi.

Nimani örganamiz: Hafta kunlarini biliş, vaqtni töğri taqsimlaş va har bir kunni foydali işlar bilan ötkaziş muhimligini örganamiz.

Ota-onalar uçun savol: Haftaning qaysi kuni sizga köproq yoqadi?

«Top-toza» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Top-toza

Top-toza boliş - soğlom bolişning ilk qadamidir!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Toza yuriş, özimizga va atrofimizga e’tiborli boliş qançalik yoqimli ekanini bilib olamiz.

Nimani örganamiz: Ozodalikni har kungi odatga aylantiriş. - Özimizni va atrofimizni toza saqlaş.

Ota-onalar uçun savol: Tozalikni saqlaş uçun qanday odatlarga amal qilasiz?

«Mevalar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Mevalar

Bek va Lola bilan mazali mevalar va ularning foydali xususiyatlarini kaşf eting!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Yoz - meva va sabzavotlarga boy fasl! Bek va Lola bolajonlarga ularning foydali xususiyatlari va dasturxonimizdagi ahamiyatini eslatadi.

Nimani örganamiz: Meva va sabzavotlarning foydasini biliş. - Vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilişning ahamiyatini örganiş.

Ota-onalar uçun savol: Qaysi mevalarni eng köp yaxşi körasiz?

«Kitoblar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Kitoblar

Bek va Lola bilan har bir sahifada yangi sarguzaşt kutmoqda!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola kitobning inson hayotidagi örni haqida sözlab beradi. Kitoblar orqali yangi bilimlar va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanişamiz.

Nimani örganamiz: Kitobni seviş va uni eng yaqin döst deb biliş. - Kitob öqiş orqali bilim va dunyoqaraşini boyitiş.

Ota-onalar uçun savol: Sizning eng birinçi öqigan kitobingizning nomi nima? Eslay olasizmi😇?

«Alla» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Alla

Alla - mehr va muhabbatga töla sehrli qöşiq!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bolalikning eng yoqimli ohanglaridan biri bu alla. Bek va Lola bilan uning mehrga töla olamiga şönğiymiz.

Nimani örganamiz: Allaning yoqimli ohanglaridan zavqlaniş. - Yaqinlarimiz bilan mehrli lahzalarni qadrlaş.

Ota-onalar uçun savol: Sizga bolaligingizda kim alla aytib bergan?

«Mustaqillik» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Mustaqillik

Bek va Lola bilan Vatanimizga bölgan mehr va faxrni birga his qilamiz!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Mustaqillik - erkinlik, tinçlik va baxt ramzi. Bu bayramda yurtimiz, uning bayroği va qadriyatlarimiz bilan faxrlanamiz.

Nimani örganamiz: Vatanni seviş va qadrlaş. Özbekiston bayroğini taniş va hurmat qiliş.

Ota-onalar uçun savol: Özbekistonda Mustaqillik bayrami qaysi kunda nişonlanadi?

«Salom Maktab» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Salom Maktab

Bek va Lola birinçi bor maktab eşigini oçadi — hayajon, yangi döstlar va quvnoq darslar boşlandi! 🎒✨

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga maktab va ustozlarni qadrlaşni, yangi bilimlarni zavq bilan örganişni hamda döstlar bilan ahil bölib, birgalikda rivojlanişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Yangi muhitga moslaşiş Sinf qoidalari Döstlik va hurmat

Ota-onalar uçun savol: Farzandingizni maktabga borişga qiziqtiriş uçun qanday ayyorona usullardan foydalanasiz? ✨

«Ustozlar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ustozlar

Bek va Lola ustozlarning mehnati naqadar qadrli va sabr talab qilişini tuşunib yetişadi. 🍎📚

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bolalarga ustozlarning mehnatini qadrlaşni, ularga hurmat bilan munosabatda bölişni hamda ilm olişda sabrli va diqqatli bölişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Ustozga hurmat Minnatdorlik Sabr-toqat

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz öqituvçisiga kutilmagan va kulgili biror sovğa yoki rasm tayyorlab berganmi?

«Kasblar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Kasblar

Şifokor, oşpaz yoki kosmonavt? Bek va Lola kasblar olamiga şönğib, har bir hunarning zavqini kaşf etadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qism bolalarga jamiyatdagi barça kasblar muhim va foydali ekanini, har bir mehnat egasini hurmat qiliş hamda kelajakda öz qiziqişlariga mos kasb tanlaşga intiliş zarurligini örgatadi.

Nimani örganamiz: Mehnatni qadrlaş - Qiziqiş va qobiliyat - Mas'uliyat

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz hozirgi kunda kim bölişni orzu qiladi va bu fikri haftada neça marta özgaradi? 😄

«Avtobus» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Avtobus

Bek va Lola katta şahar böylab avtobusda sayohatga çiqib, jamoat transporti qoidalari va xavfsiz harakatlaniş sirlarini örganişadi! 🚌

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qism bolalarga jamoat transportida özini tutiş madaniyatini, yöl harakati xavfsizligiga rioya qilişni hamda kattalar va atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bölişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Avtobusga navbat bilan çiqiş - Yölda keksalarga va yordamga muhtoj yölovçilarga joy berişni. - Xavfsizlik qoidalari

Ota-onalar uçun savol: Jamoat transportida joy böşatiş kerakligini farzandingizga qanday qilib oson va tuşunarli örgatgansiz?

«Topişmoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Topişmoq

Bek va Lola topişmoqlar olamida öz zukkoliğini sinab köradi! 🧩�

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarda mantiqiy fikrlaşni, sinçkovlikni va muammolarga ijodiy yondaşişni rivojlantirib, bilim oliş jarayonini qiziqarli öyinga aylantirişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Zukkolik va mantiq - Sinçkovlik - Jamoaviy fikrlaş

Ota-onalar uçun savol: Farzandingizning qaysi «mantiqiy» savoliga javob topolmay, Google’dan yordam söraşga majbur bölgansiz? 😅

«Doktorjon» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Doktorjon

Quvnoq seriyada bolajonlar doktorga boriş aslida umuman qörqinçli emasligini bilib olişadi.

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga şifokorlar bizim döstimiz ekanini, soğlom böliş uçun tozalik va töğri ovqatlanişga rioya qiliş hamda kasallikdan qörqmasdan vaqtida davolaniş zarurligini örgatadi.

Nimani örganamiz: Şifokordan qörqmaslik - Şaxsiy gigiyena - Soğlom odatlar

Ota-onalar uçun savol: Farzandingizni şifokor körigiga olib borişdan oldin uni köndiriş uçun qanday «aldamçi» va'dalar berasiz? 😄

«Rap» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Rap

Bek va Lola zamonaviy ritmlar olamiga şönğib, quvnoq qofiyalar va rep musiqasi orqali öz iste'dodlarini namoyiş etişadi! 🎤🎶

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: 6 ta sirli sovğa qutisi içida nima yaşiringan? Bek va Lola quvnoq rep ritmida tabiatni asraşdan tortib, gigiyena va odob-axloqqaça bölgan eng muhim saboqlarni kuylab beradi! 🎁🎤✨

Nimani örganamiz: Tabiat va maktab Tozalik va tartib Odob va saxiylik

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz dökonga kirganda «uni olib bering, buni olib bering» deb xarxaşa qila boşlasa, vaziyatdan qanday qilib oson çiqib ketasiz? 🛍️

«Maxsus Maşinalar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Maxsus Maşinalar

Dadasining sovğa qutisidan çiqqan öyinçoqlar haqiqiy sarguzaştga aylanadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga maxsus xizmat maşinalarining vazifalari va muhim qisqa raqamlarini (101, 102, 103) quvnoq qöşiq orqali örgatib, ularda özgalarga yordam beriş va yöl qoidalariga amal qiliş tuyğusini uyğotadi.

Nimani örganamiz: Maxsus xizmatlar va raqamlar Şahar tozaligi va quriliş Yölda hurmat

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz 101, 102, 103 raqamlarini yodlab olganmi yoki «qutqaruvçilar»ni çaqiriş uçun öziça yangi raqamlar öylab topganmi? 📞

«Maxfiy Qism» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Maxfiy Qism

Planşet ortidan koşmosga sayohat!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bek va Lola raqamli dunyoga şönğib, YouTube sahifasiga obuna bölişni va bilimlarga boy yangi öyinni qanday yuklab olişni quvnoq qöşiq orqali örgatadi!

Nimani örganamiz: Foydali qidiriş - Öyin orqali ilm oliş

Ota-onalar uçun savol: Kattalardan ruxsat sörab öyin yuklaş qoidasiga farzandingiz qançalik amal qiladi yoki telefoningizda kutilmagan yangi öyinlar paydo bölib qoladimi?

«Harbiylar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Harbiylar

Bek va Lola maxsus kiyim va dron yordamida qutqaruv missiyasini bajarib, Vatan himoyaçilariga bağişlangan quvnoq qöşiq kuylaşadi! 🎖️🚁🧸

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Bu qism bolalarda Vatan himoyaçilariga nisbatan hurmat va faxr tuyğusini uyğotib, tinçlikning qadriga yetişni hamda maqsad sari jasorat va ahillik bilan harakat qilişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Vatanparvarlik va hurmat - Jasorat va izlanuvçanlik - Tartib va intizom

Ota-onalar uçun savol: Uyingizdagi yostiq va körpaçalardan qurilgan «maxfiy harbiy ştab» bu hafta neça marta mehmonxonangizni egallab oldi? ⛺🎖️

«Koinotga Sayohat» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Koinotga Sayohat

Kosmos kemasida yulduzlar sari parvoz!�

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarda astronomiya va koinot sirlariga bölgan qiziqişni uyğotib, çeksiz olam içidagi yagona va betakror uyimiz - Yer sayyorasini asraş va qadrlaş zarurligini örgatadi.

Nimani örganamiz: Sayyoralar va yulduzlar - Galaktika va koinot:Somon yöli, qora tuynukning tortiş kuçi, Andromeda galaktikasi va koinotdagi tartibni. - Yerni asraş

Ota-onalar uçun savol: Tunda osmonga qaraganingizda farzandingiz yulduzlarni sanaşga urinib, neçtaga yetganda uxlab qoladi? 🌟😴

«Ota-onangga balli» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ota-onangga balli

Bobojonning qiziqarli topişmoqlar öyini!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga ota-onani oy va quyoşdek e'zozlaşni, bobo va buvilarning mehrini qadrlaşni hamda çin döstlik har qanday boylikdan ustun ekanini milliy kuy-qöşiqlar orqali örgatadi.

Nimani örganamiz: Çin döstlik Kattalar mehri Ota-onaga hurmat

Ota-onalar uçun savol: Bobo va buvisining uyiga borganda farzandingiz darhol «erkatoy rejimi»ga ötib, sizning barça qoidalaringizni unutib qöyadimi? 😄👵

«Kemşikvoy» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Kemşikvoy

Qirsillagan olma Bekning ilk sut tişini qimirlatib yuboradi! 🍎

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga sut tişlarining almaşinişi tabiiy va oğriqsiz jarayon ekanini tuşuntirib, vaqtinçalik kemşiklikdan uyalmasdan tabassum qilişni hamda yangi çiqadigan doimiy tişlarni avaylaşni örgatadi.

Nimani örganamiz: Qörqmaslik: 6–8 yoşda tişlar qimirlaşi va tuşişi ulğayişning tabiiy belgisi ekanini. Öziğa işonç: Vaqtinça kemşik bölib qolganda oğizni yopib uyalmaslikni, çunki barça tengdoşlar bu bosqiçdan ötişini. Tişlarni asraş:Sut tişlari örniga çiqadigan yangi va baquvvat tişlarni doim toza saqlab, ehtiyot qilişni. Tişlarni asraş.

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz kemşik bölib qolgan paytida rasmga tuşiş uçun oğzini mahkam yumib olarmidi yoki aksinça, hammadan köp irjayib turarmidi? 📸😁

«Onajonlar Bayrami» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Onajonlar Bayrami

Bayramona maxfiy operatsiya! Oyijonisi uçun unutilmas syurpriz tayyorlaşadi! 🌷🎁

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga onajonlarning tun-u kun çekadigan mehnatini qadrlaşni, ularga minnatdorlik bildirişni hamda yaxşi xulq va a'lo öqiş orqali onalar işonçini oqlaş zarurligini örgatadi.

Nimani örganamiz: Onaga mehr va minnatdorlik - Ğamxörlik va yordam - İşonçni oqlaş

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz özi yasagan tabriknoma yoki boğdan uzib kelgan gullarni berayotganda közingizga yoş kelgan eng ta'sirli lahzani eslay olasizmi? 🌷

«Navröz» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Navröz

Bahor nafasi va sumalak ifori! Bek va Lola döstlari bilan birga sumalak tayyorlaşadi🌸🍲

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga milliy bayramimiz Navrözning urf-odatlari, ahillik va hamjihatlikning qadrini, tabiatni asraş hamda ötmiş musiqiy merosimizni sevib ardoqlaşni örgatadi.

Nimani örganamiz: Milliy an'analar va hamjihatlik -Tabiatga mehr -Topqirlik

Ota-onalar uçun savol: Bahorda farzandingiz bilan varrak uçiraman deb, öziz ham bolalikka qaytib, daraxtlarga ilinib qolgan varrakni qutqariş operatsiyasini ötkazganmisiz? 🪁🌳😄

«Bolalik» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bolalik

İş va telefondan bir zum tanaffus!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism ota-onalar va farzandlar örtasidagi samimiy muloqotning qadrini eslatib, kundalik taşviş va telefonlarni bir çetga surgan holda oilaviy vaqtni quvonçli va mazmunli ötkaziş naqadar muhimligini körsatadi.

Nimani örganamiz: Oilaviy e'tibor - Tuşuniş va keçirom - Şirin xotiralar

Ota-onalar uçun savol: İşdan çarçab kelganingizda farzandingiz darhol "öynaylik!" deb qölingizdan tortsa, qaçon oxirgi marta özingiz ham haqiqatan bolalikka qaytib, u bilan baravar yugurib öynagansiz? ⚽😄

«Suvni Asrang» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Suvni Asrang

Suvsizlikdan qaqragan çöl-u biyobon yana yam-yaşil boğ-u ravoğga aylanadi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga suv - bebaho boylik va hayot manbai ekanini körsatib, kundalik hayotda suvni isrof qilmaslikni, tabiatni asraş uçun hamjihatlikda harakat qilişni hamda milliy retro musiqamizni ardoqlaşni örgatadi.

Nimani örganamiz: Suvni tejaş - Isrofgarçilikka qarşi kuraşiş - Tabiat va hamjihatlik

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz tişini yuvayotganda jumrakdan oqayotgan suv bilan "köpikli öyin" öynab, hammomni kiçik hovuzga aylantirib yuborgan paytlari bölganmi?

«Sönggi qönğiroq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Sönggi qönğiroq

Yozgi ta'tilga çiqiș hayajoni!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga yil davomida bilim bergan ustozlar va sinfdoş döstlarni qadrlaşni, yozgi ta'tilda ham kitob öqib bilimlarni boyitib borişni hamda maktab bilan xayrlaşuv aslida yangi öquv yilidagi quvonçli uşraşuvlarning boşlanişi ekanini örgatadi.

Nimani örganamiz: Ustoz va maktabga hurmat - Ta'tilda ham izlaniş - Hamjihatlik va sahna madaniyati

Ota-onalar uçun savol: Siz maktab tamomlanganingizga neççi yil böldi?

«Hayt Muborak» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Hayt Muborak

Bayram şukuhi va mehr-oqibat!✨🌙

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga Hayit bayramining eng gözal fazilatlari - saxovat, döstlar bilan borini baham köriş, kattalarga yordam beriş hamda kiçiklarga va jonivorlarga mehribon bölişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Saxovat va baham köriş - Yaxşilik qiliş - Milliy qadriyatlar

Ota-onalar uçun savol: Siz ham hayitlikka nima olişingizni intiqlik bilan kutganmisiz?

«Bolalar Kuni» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Bolalar Kuni

Ekran orqali butun dunyo bolalari bir davrada! 🌍🎉🎈

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga döstlik millat va manzil tanlamasligini, dunyodagi barça bolalar ahil va inoq bölsa, yer yuzida doimo tinçlik va quvonç hukm surişini örgatadi.

Nimani örganamiz: Dunyoviy döstlik - Madaniyatlarga qiziqiş - Ahillik va tinçlik

Ota-onalar uçun savol: Bolalar kunida farzandingizni xursand qiliş uçun istirohat boğiga olib borganingizda, qaysi attraksiondan oxirgi marta özingiz ham şavq bilan uçib tuşgansiz? 🎡😄

«Futbol» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Futbol

Stadionda hayajon, yuraklarda ğurur! Bek, Lola va Yorqinxöja Umarov

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarda sportga, xususan futbolga bölgan qiziqişni uyğotib, Özbekiston milliy terma jamoasi va Vatan bayroğidan faxrlaniş, jamoaviy birdamlik hamda ğalabaga işonç tuyğularini tarbiyalaydi.

Nimani örganamiz: Vatanparvarlik va faxr - Jamoaviy öyin - Maqsad sari intiliş

Ota-onalar uçun savol: Terma jamoamiz gol urgan paytda uyingizdagi hayqiriqdan qöşnilar ham hisob neça bölganini darhol bilib olişadimi? ⚽📣😄

«Toza Qo'llar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Toza Qo'llar

Mikroblarga qarşi katta jang!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga şaxsiy gigiyena va qöl tozaligi - soğlom bölişning eng birinçi qoidasi ekanini tuşuntirib, sovun va antiseptikdan töğri foydalaniş, har qanday harakatdan söng qöllarni yuvib yuriş odatini şakllantiradi.

Nimani örganamiz: Qöllarni töğri yuviş - Mikroblardan himoya - Gigiyena madaniyati

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz qöl yuvişdan qoçiş uçun qanday kulgili bahonalar öylab topadi? 🧼😄

«Erinçoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Erinçoq

Har bir işga "keyinroq" deyaverişning oqibati nima böladi?

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga "Qolgan işga qor yoğar" maqolining asl ma'nosini körsatib, vazifalarni ortga surmaslikni, öz vaqtida va çaqqon bajarişni hamda tartib- intizomli bölişni örgatadi.

Nimani örganamiz: İşni keçıktirmasli - Tartib va mas'uliyat - Çaqqonlik va ğişhtlik

Ota-onalar uçun savol: Farzandingizga biror iş buyursangiz, kun davomida neça marta "hozir, mana şu öyinim tugasin" degan javobni eşitasiz? 🎮😄

«Muzqaymoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Muzqaymoq

Butun oila bilan xiyobonga muzqaymoq sayliga!🍦🚇✨

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga jamoat joylarida kattalarga hurmat körsatişni, atrof-muhitni toza tutişni (çiqindini maxsus qutiga taşlaşni) hamda yaqinlar bilan borini baham körib, bir-biriga mehr-oqibatli bölişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Jamoat joyida odob - Tabiat va tozalik - Mehr-oqibat va saxiylik

Ota-onalar uçun savol: Sizga muzqaymoqning qaysi ta'mi hammasidan köproq yoqadi? 🍓🍫

«Badantarbiya 2» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Badantarbiya 2

Bek va Lola, hatto uy muşukçasi ham ota-onasi bilan birga erta tongdan maşqlar qilişadi. 🏃‍♂️🐱

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga "Soğlom tanda - soğlom aql" maqolining asl mohiyatini körsatib, ertalabdan badantarbiya qiliş, töğri nafas oliş hamda maşqlarni ğirromlik qilmasdan, aniq va quvnoq bajariş odatini şakllantiradi.

Nimani örganamiz: Ertalabki faollik. - Töğri nafas oliş. - Halollik va intizom.

Ota-onalar uçun savol: Ertalab "badantarbiya qilamiz!"deganingizda farzandingiz birinçi bölib gilamça ustiga sakrab tuşadimi yoki yostiqni quçoqlab "yana beş daqiqa" deb yotib oladimi? 🛏️😄

«Çömiliş» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Çömiliş

Yoz jaziramasida suv böyida öynaş qanday mazza!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga suv havzalari oldida ehtiyotkor bölişni, ariq, daryo va taqiqlangan joylarda çömiliş hayot uçun xavfli ekanini tuşuntirib, faqat murabbiy nazoratidagi maxsus suv havzalarida xavfsiz suziş madaniyatini örgatadi.

Nimani örganamiz: Xavfli suv havzalaridan saqlaniş - Maxsus hovuz va murabbiy nazorati - Suv böyida ehtiyotkorlik

Ota-onalar uçun savol: Siz yoşligingizda xavfli suv havzalarida çömilişdan saqlanganmisiz?

«Qöziçoq» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Qöziçoq

Qişloqqa sayohat va kutilmagan şöx döst!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga telefon va ekranlardan bir zum çetlaşib, tabiat qöynida jonivorlarga mehr bilan munosabatda bölişni hamda har bir jonzotga öziga mos, töğri ozuqa beriş mas'uliyatini örgatadi.

Nimani örganamiz: Jonivorlarga mehr va parvariş - Tabiat va jonli muloqot - Ehtiyotkorlik va ğamxörlik

Ota-onalar uçun savol: Siz hayvonlarga mehribonmisiz?

«Yo'l harakati» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Yo'l harakati

Karton maşinalar, qöğoz svetofor va muhim hayotiy saboq!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga yöl harakati qoidalariga amal qiliş - hayot xavfsizligi garovi ekanini körsatib, yöl kesib ötiş madaniyatini, tezlikni oşirmaslikni hamda voyaga yetib, haydovçilik guvohnomasi olmagunça rulga ötirmaslik mas'uliyatini örgatadi.

Nimani örganamiz: Piyodalar odobi - Şoşqaloqlikning oqibati - Guvohnoma va qonun

Ota-onalar uçun savol: Maşinada ketayotganingizda farzandingiz orqa örindiqdan turib, qaysi yöl belgisini birinçi bölib tanib qoladi va sizga eslatadi? 🛑�

«Opa Uka» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Opa Uka

Sölib qolgan gülni qutqariş uçun katta hamjihatlik!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga opa-uka va aka-singil örtasidagi mehr-oqibatning qadrini, bir-birini xafa qilmasdan hamjihat bölişni, tabiatni asraş uçun topqirlik qilişni hamda özbek retro musiqiy merosimizni sevib ardoqlaşni örgatadi.

Nimani örganamiz: Opa-uka mehri va ahillik - Topqirlik va tabiatga ğamxörlik - Jasorat va himoya

Ota-onalar uçun savol: Uyingizda opa-ukalarning arazlaşişidan köra yaraşişi tezroq sodir böladimi? 😅✨

«Matematika» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Matematika

Oçiq darsda raqamlar jonlandi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga matematika — barça fanlar va zamonaviy texnologiyalarning asosi ekanini körsatib, hisob-kitobdan qörqmaslikni, erinmasdan karra-karra yodlaşni hamda buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bölişga intilişni örgatadi.

Nimani örganamiz: Matematika va mantiq -Texnologiyalar asosi -Ajdodlardan faxr

Ota-onalar uçun savol: Farzandingiz şirinlik bölişayotganda öziga doim bitta köproq tegadigan qilib hisoblaydimi? 🍬😄

«Vohu - voh» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Vohu - voh

Surxon toğlari bağrida katta sayil va şöx xalq kuyi!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga özbek xalqining mehmondöstlik an'analarini, milliy folklor va xalq qöşiqlarimizning jozibasini, şuningdek, Vatanimizning betakror tabiati va tarixiy obidalaridan faxrlaniş tuyğusini örgatadi.

Nimani örganamiz: Mehmondöstlik va döstlik -Vatan tabiatini seviş -Milliy meros va folklor

Ota-onalar uçun savol: "Vohu-voh" qöşiği yangraganida farzandingiz ötirgan joyida yelkalarini učirib, Surxonça raqsga tuşib ketadimi? 💃😄

«Ertaklar» — Bek va Lola multserial qismi posteri

Ertaklar

Uyqudan oldin telefon va televizorni qutiga solib, sehrli kitob sahifalariga sayohat!

Bu qism nimani anglatadi?

Ma’nosi: Uşbu qism bolalarga uyqudan oldin gadjetlardan voz keçib, kitob öqişning naqadar maroqli ekanini körsatib, xalq ertaklari orqali yaxşilik, halollik va tış yuviş kabi foydali uyqu oldi odatlarini tarbiyalaydi.

Nimani örganamiz: Uyqu oldi tartibi - Kitob mutolaasiga mehr - Yaxşilik va işonç

Ota-onalar uçun savol: Ertak öqiyotganingizda birinçi bölib kim uxlab qoladi - tinglayotgan farzandingizmi yoki ertak aytayotgan özingizmi? 😴✨

Qahramonlar

Qahramonlar bilan tanişing

Opa-uka Lola va Bek hamda ularning oilasi va döstlari.

Qahramonga bosing: u salom aytadi va pozasini özgartiradi.

Bek — «Bek va Lola» multserialining boş qahramoniBek — «Bek va Lola» multserial, 2-pozaBek — «Bek va Lola» multserial, 3-poza

Bek

Uka
Lola — «Bek va Lola» multserialining boş qahramoniLola — «Bek va Lola» multserial, 2-poza

Lola

Opa

Boşqa qahramonlar

Sahifani pastga aylantiring: qahramonlar birma-bir çiqib keladi.Yon tomonga suring yoki ‹ › tugmalarini bosing.

1 / 30
Bobo — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Bobo

Oila a'zosi

Buvi — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Buvi

Oila a'zosi

Dada — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila

Dada

Oila a'zosi

Ona — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila

Ona

Oila a’zosi.

Baroqvoy — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Baroqvoy

Uy hayvoni

Mikrob — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Duşman:)

Mikrob

«Yaramas» Mikrob

Mikrob-2 — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Duşman:)

Mikrob-2

Bir közli mikrob.

Tiş — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Tiş

Tişça

Xöroz — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Xöroz

Uy hayvoni

Qöziçoq — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Qöziçoq

Uy hayvoni

Robot — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Robot

Koinot sayohatlaridagi aqlli yordamçi.

Kitob — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Kitob

Ilm tarqatuvçi

Alişer — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Alişer

Bek va Lolaning Navoiylik dösti

Sarvinoz — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Sarvinoz

Bek va Lolaning Xorazmlik dösti

Xurşida — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Xurşida

Bek va Lolaning Toşkent viloyatidan dösti

Gulçehra — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Gulçehra

Bek va Lolaning Farğonalik dösti

Zebo — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Zebo

Bek va Lolaning Namanganlik dösti

Şerzod — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Şerzod

Bek va Lolaning Samarqandlik dösti

Dilmurod — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Dilmurod

Bek va Lolaning Buxorolik dösti

Aygul — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Aygul

Bek va Lolaning Qoraqalpoğistonlik dösti

Muslimaxon — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Muslimaxon

Bek va Lolaning Andijonlik dösti

Ibrohimjon — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Ibrohimjon

Bek va Lolaning Jizzaxlik dösti

Jasurbek — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Jasurbek

Bek va Lolaning Sirdaryolik dösti

Olimbek — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Olimbek

Bek va Lolaning Qaşqadaryolik dösti

Salimbek — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Salimbek

Bek va Lolaning Surxandaryolik dösti

Yer sayyorasi — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Yer sayyorasi

Biz yaşab turgan sayyora

Soatvoy — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Döst

Soatvoy

Salom, men Bek va Lolaning uyğotgiçi

Toğa — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Toğa

Bek va Lolaning toğasi

Xola — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Xola

Bek va Lolaning xolasi

Amma — «Bek va Lola» multserial qahramoni
Oila a'zosi

Amma

Bek va Lolaning ammasi

Qöşiqlar

Bolalar uçun kuylar

Bek va Lola bilan kuylang. Musiqalar özbek folklori ruhida bastalangan.

Bek va Lola qöşiği: Badantarbiya

Badantarbiya

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Alifbo

Alifbo

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Şokolad

Şokolad

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Özbekistonlik

Özbekistonlik

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Dastyorlar

Dastyorlar

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Birgalikda sanaymiz!

Birgalikda sanaymiz!

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Şakllar

Şakllar

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Bekinmaçoq

Bekinmaçoq

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Yöl harakati

Yöl harakati

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Baroqvoy

Baroqvoy

1-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Yomğir yoğaloq

Yomğir yoğaloq

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Ölçovlar

Ölçovlar

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Super bolalar

Super bolalar

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Ekologiya

Ekologiya

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Dangasa

Dangasa

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Orzular

Orzular

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Hafta kunlari

Hafta kunlari

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Top-toza

Top-toza

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Mevalar

Mevalar

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Kitoblar

Kitoblar

2-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Alla

Alla

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Mustaqillik bayrami

Mustaqillik bayrami

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Salom maktab

Salom maktab

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Ustozlar

Ustozlar

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Kasblar

Kasblar

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Avtobus

Avtobus

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Topişmoq

Topişmoq

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Doktorjon

Doktorjon

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Maxsus maşinalar

Maxsus maşinalar

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Obuna

Obuna

3-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Harbiylar

Harbiylar

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Koinotga sayohat

Koinotga sayohat

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Ota onangga balli

Ota onangga balli

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Kemşikvoy

Kemşikvoy

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Onajonlar bayrami

Onajonlar bayrami

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Navröz

Navröz

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Bolalik

Bolalik

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Suvni asrang

Suvni asrang

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Xayr maktab

Xayr maktab

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Hayit muborak

Hayit muborak

4-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Bolalar kuni

Bolalar kuni

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Olğa Özbekiston

Olğa Özbekiston

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Toza qöllar

Toza qöllar

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Erinçoq

Erinçoq

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Muzqaymoq

Muzqaymoq

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Badantarbiya-2

Badantarbiya-2

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Suziş

Suziş

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Qöziçoq

Qöziçoq

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Yöl qoidasi

Yöl qoidasi

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Opa va Uka

Opa va Uka

5-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Matematika

Matematika

6-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola qöşiği: Vohu-voh

Vohu-voh

6-albom
Yuklab oliş
Bek va Lola mobil öyini ikonkasi
Mobil öyin

Bek va Lola öyini

3 yoşdan katta bolalar uçun rivojlantiruvçi öyin: harflar, raqamlar va quvnoq vazifalar.

Özbek tilida3+ yoş
Dökon

Mahsulotlarimizni sotib oling

Bek va Lola qahramonlari tuşirilgan mahsulotlar.

Salfetka

Şarbat

Kitoblar

Öyinçoqlar

Ota-onalar

Bek va Lola farzandingizga nimani örgatadi?

Ona tili

Rusça sözlar örniga özbekça muqobillar işlatiladi.

Milliy qadriyatlar

Vatanga sadoqat, oila, döstlik, halollik va insoniylik.

Xavfsiz kontent

Yoşga mos, zöravonliksiz va tarbiyaviy.

Köp beriladigan savollar

Bek va Lola qanday loyiha?

United Soft tomonidan yaratilgan özbekça musiqiy 3D animatsion serial. Yoşlar işlari agentligi bilan hamkorlikda işlab çiqilmoqda.

Qayerda köriş mumkin?

Barça qismlar YouTube’dagi rasmiy «Bek va Lola» kanalida bepul.

Qaysi yoşga möljallangan?

Barça yoşdagi bolalar uçun. Tavsiya etilgan yoş 2-9 yoş. Mobil öyin 3 yoşdan katta bolalarga möljallangan.

Multfilm özbek tilidami?

Ha. Serial töliq özbek tilida, rusça sözlar örniga özbekça muqobillar işlatiladi.

Mobil öyinni qanday yuklab olaman?

Saytdagi «Yuklab oliş» tugmasini bosing. Qurilmangizga qarab, sizni App Store yoki Google Play sahifasiga özi yönaltiradi.

Qöşiqlarni tinglaş va yuklab oliş mumkinmi?

Ha. «Qöşiqlar» bölimida har bir qöşiq uçun «Tinglaş» va «Yuklab oliş» tugmalari bor.

Rasmlardan boğça yoki maktabda foydalansam böladimi?

Ha, sinf xonasi, devor gazetasi va tadbirlar uçun rasmlar bepul. «Boğçalar uçun» sahifasidan yuklab oling. Sotiş yoki reklama kabi tijorat maqsadida foydalaniş uçun avval biz bilan kelişing.

Mahsulotlarni qayerdan sotib olaman?

Mahsulotlar sotuvga çiqqanda «Dökon» bölimida «Sotib oliş» tugmasi paydo böladi. Yangiliklarni Telegram kanalimizdan kuzatib boring.

Litsenziya oliş yoki hamkorlik qiliş uçun kimga yozaman?

Sahifaning eng tepasidagi «Boğlaniş» tugmasini yoki «Hamkorlik» sahifasini işlating.

Taklif yoki şikoyatim bor, qayerga yozaman?

Quyidagi «Adminga yoziş» tugmasi orqali Telegramda yozing. Takliflaringiz biz uçun muhim.

Savolingiz topilmadimi?Savol yoki taklifingizni Telegramda yozing, biz javob beramiz.
Adminga yoziş
Loyiha haqida

Biz haqimizda

«Bek va Lola» — United Soft tomonidan işlab çiqilgan özbekça musiqiy 3D animatsion serial. Serial opa-uka Bek va Lolaning qiziqarli sarguzaştlari orqali bolalarga foydali bilim va ijobiy qadriyatlarni yetkazadi.

Kontentda milliy madaniyat, an’analar va zamonaviy ta’lim elementlari uyğunlaştirilgan. Loyiha Yoşlar işlari agentligi taşabbusi bilan işlab çiqilmoqda; premyera 2024-yil avgustda bölgan.

Alişer Sa’dullayevĞoya muallifi
Boisxon ĞaniyevBoş prodyuser
Lazizxon ĞaniyevKreativ prodyuser
Şerzod Mardiyevkompozitor
Bekzod FayozovArt Direktor
Habibullo Lutfullayev Azimjon AhmadjonovIjroçi prodyuserlar
Hamkorlar uçun

Brendingiz Bek va Lola bilan birga ösişni xohlaysizmi?

Hamkorlik, reklama va litsenziya masalalari böyiça biz bilan boğlaning.

Videoni boşlaş uçun ▶ tugmasini bosingYouTube’da oçiş

Telegram’da kuzatiş